Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Guterrish o‘z o‘rinbosarini Sudanga yubordi
BMT Sudandagi mojaro avj olganidan keyin humanitar vaziyatdan xavotirda. Jahon tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Martin Griffits BMTning yordam ko‘rsatish qobiliyatini joyida baholamoqchi.
Martin Griffits / Foto: Reuters
Sudandagi vaziyat yomonlashayotgani fonida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘zining o‘rinbosari, humanitar va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha koordinatori Martin Griffitsni ushbu Afrika davlatiga yubordi. Bu haqda Griffitsning o‘zi 1 may, dushanbaga o‘tar kechasi Twitter’da yozgan.
"Xartum va butun Sudanda to‘qnashuvlar boshlanganidan ikki hafta o‘tib, humanitar inqiroz bo‘yicha vaziyat o‘zining chegarasiga yetdi. Antonio Guterrishning iltimosiga ko‘ra, vaziyatni qanday zudlik bilan yumshatishimiz mumkinligini baholash uchun mintaqaga boryapman", dedi u o‘z postida.
Xuddi shu kuni BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. "Sudanda shiddat bilan kuchayib borayotgan humanitar inqirozni hisobga olib, BMT bosh kotibi zudlik bilan o‘zining humanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsni mintaqaga jo‘natmoqda. Bo‘layotgan voqealar miqyosi va tezligi misli ko‘rilmagan darajada, - dedi Dyujarrik. - Buning Sudan xalqiga va butun mintaqaga hozirgi va uzoq muddatli ta’siridan juda xavotirdamiz".
30 aprel kuni BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Sudandagi humanitar inqiroz iqlim o‘zgarishi tufayli qiyin ahvolda bo‘lgan Sharqiy Afrikaning butun mintaqasiga tarqalishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
“Bu mamlakatda (Sudan) janglar boshlanishidan oldin ham aholining uchdan bir qismi ochlikdan aziyat chekkan, hozir u yerda hamma narsa yetishmayapti, oziq-ovqat narxlari esa osmonga ko‘tarilgan”, dedi Jahon oziq-ovqat dasturining Germaniyadagi direktori Martin Frik.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
14:14 / 08.01.2026
Germaniya TIV rahbari Grenlandiya masalasi tufayli AQShga BMT nizomini eslatdi
08:08 / 08.01.2026
AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda
13:19 / 03.01.2026