10:44 / 01.05.2023
23510

Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Kecha Toshkentdagi Humo arena sport majmuasida 1-14 may kunlari o‘tkaziladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Boks bo‘yicha dunyo birinchiligining ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va boshqalar ishtirok etdi.  

Tantanali ochilish marosimining rasmiy qismida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqib, musobaqa mehmonlarini qutladi va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan  ishlar haqida gapirdi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyatiga ushbu musobaqani o‘tkazishga ko‘rsatayotgan ko‘magi va yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildirdi. IBA prezidenti boks bo‘yicha jahon chempionatini rasman ochiq deb e’lon qildi.

Tadbir davomida, shuningdek, bokschilar nomidan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov musobaqada halol va shaffof raqobat olib borishga qasamyod qildi.

Top