02:36 / 08.05.2023
28294

Boks. Jalolov chorakfinalda, yana uch bokschi o‘z janglarida g‘alaba qozondi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionatining 7-kuni o‘tkazildi. Yakshanba kungi bahslarda muxlislarning asosiy e’tibori o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlari ishtirokidagi janglarga qaratildi.

Kunning dastlabki jangida -57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov avstraliyalik Charli Seniorga qarshi ringga ko‘tarildi. Bahsda buxorolik bokschi yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘llanma oldi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Ikkinchi bahsda -75 kg vazn toifasi vakili A’loxon Abdullayev turnirdagi ilk jangida xitoylik Meng Yang Jaoga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi – 5:0.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Uchinchi jangda esa Rio-2016 olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov -51 kilogramm vazn toifasida musobaqadagi 2-bahsini marokashlik Said Mortajiga qarshi o‘tkazib, raqibiga imkoniyat qoldirmadi – 5:0.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Eng ko‘p tomoshabin yig‘ilgan kunning vakillarimiz ishtirokidagi 4-jangida eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov okeaniyalik Teremoanaga qarshi ringga ko‘tarildi. Tokio olimpiadasi g‘olibi raqibini 2-raunddayoq texnik nokautga uchratib, chorakfinalga yo‘llanma oldi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

JCh-2023. O‘zbekistonlik bokschilarning 7 may kungi ishtiroki:

-57 kg. Abdumalik Xalokov - Charli Senior (Avstraliya) – 5:0 g‘alaba.

-75 kg. A’loxon Abdullayev – Meng Yang Jao (Xitoy) – 5:0 g‘alaba.

-51 kg. Hasanboy Do‘smatov - Said Mortaji (Marokash) – 5:0 g‘alaba.

+92 kg. Bahodir Jalolov - Teremoana Teremoana (Avstraliya) – 2-raundda texnik nokaut.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

8 may (dushanba). O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglar anonsi:

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Tamir Galanov (Serbiya) (B ring, 14:55dan so‘ng)

-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Giorgi Tchigladze (Gruziya) (A ring, 16:10dan so‘ng)

-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) (B ring, 18:10dan so‘ng)

-60 kg: Mujibillo Tursunov - Muhammad Hamud (Marokash) (B ring, 19:10dan so‘ng)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Sagindik Tagambay (Qozog‘iston) (A ring, 20:10dan so‘ng).

Mavzuga oid
Top