Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy hujum haqida: Bizga ozgina vaqt kerak
Foto: AP
Ukraina armiyasining bir qismi, NATO mamlakatlarida o‘qitilgan yangi bo‘linmalari hujumga “tayyor”, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Biroq, armiyaga hali ham “bir narsa”, jumladan, “partiyalar bilan kelayotgan” zirhli mashinalar talab etiladi.
"Bizda mavjud bo‘lgan narsalar bilan oldinga siljishimiz mumkin, mening fikrimcha, muvaffaqiyatga erishamiz, - dedi u Britaniya nashrlariga bergan intervyusida. - Ammo biz ko‘p odamlarni yo‘qotamiz. Menimcha, bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Shuning uchun biz kutishimiz kerak. Bizga hali yana biroz vaqt talab etiladi".
Kiyev xalqaro hamkorlari bilan faol ishlamoqda, Ukraina uchun “yangi mudofaa paketlari”ni kelishib olinmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoshlariga an’anaviy videomurojaatida aytib o‘tdi.
"Yangi yechimlar - allaqachon ish darajasida. Osmonimiz uchun ko‘proq himoya, yerdagi mudofaa va harakatimiz uchun ko‘proq imkoniyatlar...", dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 may kuni u shu mavzuda bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan va yaqin kelajakda “hamkorlardan javob qadamlarini” kutmoqda.
Mavzuga oid
21:28 / 12.12.2025
Donald Tramp uchinchi jahon urushi xavfi haqida ogohlantirdi
20:35 / 12.12.2025
Zelenskiy Kupyanskka keldi. Putinga bu shahar olingani haqida ikki bor hisobot berilgandi
13:45 / 12.12.2025
Rossiya narrativi va Donbassdagi real vaziyat | “Geosiyosat”
13:29 / 12.12.2025