16:47 / 30.05.2023
14438

Shoygu Kiyevda yana bir Patriot zenit tizimi «urilganini» ma’lum qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rossiyalik harbiylar «so‘nggi kunlarda» Kiyevda Amerikaning Patriot zenit-raketa kompleksiga zarba berganini ma’lum qildi, deb yozadi RIA «Novosti». 

Shoygu selektor yig‘ilishida, shuningdek, may oyida Ukraina Qurolli kuchlari kamida 16 ming kishi va 400 dan ortiq texnikani yo‘qotganini aytdi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, shu vaqt ichida 196 ta HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv snaryadlar tizimi, 16 ta HARM raketasi va 29 ta uzoq masofaga mo‘ljallangan Storm Shadow qanotli raketalari tutib olingan hamda yo‘q qilingan.

Ukraina rasmiylari hozircha Shoyguning bayonotiga izoh bermagan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi 16 mayga o‘tar kechasi birinchi Patriot zenit tizimi «Kinjal» raketasi bilan urilganini da’vo qilmoqda. Pentagon 18 may kuni Rossiyaning Kiyevga raketa hujumi paytida shikastlangan havo hujumidan mudofaa tizimi ta’mirlanganini ma’lum qildi. 

Kiyev may oyi boshidan beri, shahar harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 17 marta havo hujumiga uchragan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top