Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyaning yangi hukumatini shakllantirdi
Taniqli iqtisodchi Mehmet Shimshek Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anning yangi hukumatida moliya vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimni 2009 yildan 2015 yilgacha egallab kelgan.
Foto: Umit Bektas/REUTERS
Uchinchi marta davlat rahbari etib saylangan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat hukumati tarkibini qisman o‘zgartirdi. Shunday qilib, mamlakatni og‘ir iqtisodiy vaziyatdan olib chiqish vazifasi turgan moliya vaziri etib xalqaro obro‘ga ega bo‘lgan iqtisodchi Mehmet Shimshek tayinlandi.
Shimshek 2009-2015 yillarda Turkiya moliya vaziri bo‘lgan. Shundan so‘ng u mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ekspertlar undan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning klassik qoidalariga amal qilishini kutishmoqda, deb yozadi Reuters. Shu tariqa, Erdo‘g‘an o‘z hukumatining iqtisodiy yo‘nalishini o‘zgartirishga tayyorligini bildirmoqda, deya ta’kidlaydi jurnalistlar.
Bugungi kunda Turkiyadagi asosiy muammolardan biri yuqori inflatsiyadir. Shu bilan birga, mamlakat Markaziy banki foiz stavkasini oshirish o‘rniga uni pasaytirdi. Aftidan, bu qaror ortida o‘zini “foizlar dushmani” deb atagan Erdo‘g‘anning o‘zi turibdi. Biroq, bu siyosatning oqibati liraning qulashi bo‘ldi. Turkiya xorijdan sotib olgan tovarlar va xomashyolar shu fonda qimmatlashdi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar shunday yo‘nalish saqlanib qolsa, mamlakat valuta zaxiralari tugab qolgani uchun iqtisodiy zarbalarga duch keladi.
Erdo‘g‘an tashqi ishlar vaziri lavozimiga xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Xoqon Fidanni tayinladi. Ayni vaqtda Bosh shtab rahbari Yasar Guler mudofaa vaziri lavozimini qabul qilib oldi. Istanbulning sobiq gubernatori Ali Yerlikaya Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar etib tayinlandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 28 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘lini mag‘lub etdi.
Mavzuga oid
17:46 / 30.12.2025
Rossiya Turkiyadagi «Akkuyu» AES qurilishini moliyalashtirish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
13:45 / 24.12.2025