08:13 / 09.06.2023
4909

YeI davlatlari boshpana berish tizimini isloh qilishga kelishib oldi

Yevropa parlamenti tomonidan hali tasdiqlanmagan yangi qoidalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida migrantlar va boshpana izlovchilarning yanada adolatli taqsimlanishini nazarda tutadi.

Foto: EFE

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar boshpana berish tizimini isloh qilish bo‘yicha dastlabki rejani kelishib oldi. Ovoz berish 8 iyun, payshanba kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi adliya va ichki ishlar vazirlari yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiluvchi Shvetsiyaning ta’kidlashicha, kelishuv "mas’uliyat va hamjihatlik o‘rtasidagi yaxshi muvozanatni" ta’minlaydi. Italiya, Avstriya va Niderlandiya kabi Yevropa Ittifoqining ayrim a’zolari tanqidiga qaramay, bir necha soat davom etgan keskin muzokaralardan so‘ng kelishuvlarga erishildi.

Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yoxansson Yevropa Ittifoqi uchun migratsiya siyosati bo‘yicha “o‘ta muhim qadam”ni olqishladi.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer kelishuvni “tarixiy muvaffaqiyat – Yevropa Ittifoqi uchun, yangi, birdam migratsiya siyosati va inson huquqlarini himoya qilish uchun”, deb atadi.

2024 yilda Yevropa parlamenti saylovlari oldidan yakunlanishi kerak bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, har bir davlat ma’lum miqdordagi muhojirlarni qabul qilish uchun javobgar bo‘ladi, lekin ularni qabul qilishga majbur emas.

Yevropa Ittifoqiga kelayotgan noqonuniy muhojirlar va qochqinlarni qabul qilishni istamagan davlatlar boshqa mezbon mamlakatlarga mablag‘ - kishi boshiga taxminan 20 ming yevro, shuningdek, jihozlar yoki xodimlar bilan yordam berishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top