Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Putin bilan gaplashish niyatida ekanini ma’lum qildi
Foto: AP
Germaniya kansleri tez orada Rossiya prezidenti bilan gaplashish niyatida ekanini aytdi. Olaf Shols tinchlik muzokaralariga qarshi emas, masala kim bilan va nima haqida muzokara olib borishda, dedi u.
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti bilan aloqalarni uzish niyatida emas. 10 iyun, shanba kuni Nyurnbergda chiqish qilib, u Ukrainada urush boshlanganidan keyin ham Vladimir Putin bilan gaplashganini aytdi va «yaqin kelajakda yana buni qilmoqchi ekanini» bildirdi.
Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi «adolatli tinchlik»ka erishishning zaruriy sharti ekanligini tushunish kerak.
«Muzokaralar normal holat. Masala kim bilan va nima haqida muzokara olib borishda», dedi Olaf Shols.
Shols Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi boshlanganidan beri o‘z siyosatining tamoyillarini yana bir bor ochiqladi. Xususan, urush avj olishining oldini olish kerak. Bundan tashqari, barcha harakatlar sheriklar bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Germaniya kansleri Yevropadagi chegaralarni kuch bilan o‘zgartirmaslik kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026