Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Shvetsiya iyulda alyansga qo‘shilishi mumkinligini bildirdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning aytishicha, Shvetsiya iyul oyida, tashkilotning Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammiti vaqtida ittifoqqa qo‘shilishi mumkin. Bu haqda u PBS telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Foto: AP
«Ishonchim komilki, Shvetsiya NATOning to‘laqonli a’zosi bo‘ladi. Va bu kelasi oy (11-12 iyul) Vilnyusda o‘tadigan NATO sammiti vaqtida ro‘y berishi mumkin, ammo men bunga kafolat bera olmayman», dedi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya NATO bo‘yicha hamkor maqomini olgan holda, tashkilot tuzilmasiga tobora ko‘proq integratsiyalashib bormoqda, biroq to‘liq ratifikatsiya zarur. Stoltenbergning qayd etishicha, Shvetsiya imkon qadar tezroq Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun barcha sa’y-harakatlar qilinmoqda.
4 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng Stoltenberg Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun Anqaraning barcha shartlarini bajarganini ma’lum qildi.
Avvalroq Shvetsiya harbiy razvedkasi va xavfsizlik xizmati rahbari Tomas Nilsson Rossiya Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishiga turli to‘siqlar yaratayotgani haqida fikr bildirgan edi.
Mavzuga oid
10:06 / 27.01.2026
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
09:47 / 26.01.2026
Pistorius: Tramp NATO askarlari haqidagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerak
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
21:32 / 23.01.2026