Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida navbatlar yuzaga keldi
Haydovchilarga mavjud vaziyatdan kelib chiqib, yo‘nalishlarini o‘zgartirish tavsiya etildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) Qozog‘istonning Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan chegarasidagi vaziyatga izoh berdi. Ayrim hududlarda odamlar va mashinalar to‘planib qolgan, deb xabar qilmoqda Orda.
“Qozog‘iston-Rossiya chegarasi, Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasi va Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasining ayrim yo‘nalishlarida (Jibek-Jo‘li – G‘isht-Ko‘prik, Qozigurt – Toshkent, Atameken – Guliston o‘tkazish punktlari) fuqarolar va transport vositalari to‘planishi kuzatilyapti”, — deyiladi MXQ xabarida.
Idora mavjud vaziyatning asosiy sabablarini keltirdi:
- ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazish punktlarini qisman rekonstruksiya qilish;
- meva-sabzavot mahsulotlarini tashish davrida kiruvchi transportning mavsumiy o‘sishi;
- transport tashkilotlarining tranzit salohiyatini oshirish;
- turistik mavsumda yo‘lovchilar oqimining an’anaviy ortishi.
Bundan tashqari, MXQ chegara xizmati Qozog‘iston nazorat-o‘tkazish punktlari kecha-yu kunduz ishlayotganini ta’kidladi.
“Transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish va chegaradan o‘tayotgan shaxslarning hujjatlarini tekshirishning zamonaviy va avtomatlashtirilgan tizimlarini qo‘llash orqali odamlar va transport vositalarining to‘planishini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi mahkama.
Mavzuga oid
14:09
Qozog‘iston chechenistonlik muxolifatchini Rossiyaga topshirishni ma’qulladi
21:44 / 28.01.2026
To‘qayev qo‘shni davlatdan Qozog‘iston orqali $14 mlrd xorijga o‘tkazilganini aytdi
08:43 / 28.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlar va bolalar: Qozog‘istonda cheklovlar ko‘rib chiqilmoqda
09:20 / 24.01.2026