Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish shtabi ish boshlaydi
Missiya shtabi vazifalari saylov jarayoni borishi haqida materiallarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.
Foto: Dunyo
Mamlakatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi munosabati bilan kecha Markaziy saylov komissiyasida (MSK) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ijroiya qo‘mitasining saylovlarni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
MSK ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida missiyaning shtabi ish boshlaydi va kuzatuvlarni tashkil etish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘tkazadi. Missiya shtabi vazifalari saylov jarayoni borishi haqida materiallarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
09:45 / 17.10.2025