08:51 / 04.07.2023
4779

Yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri berish bo‘yicha barcha imtiyozlar tugatildi

Yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolar to‘liq chiqarib tashlandi.

Foto: Kun.uz

Prezident farmoni bilan yer uchastkalarini berish bo‘yicha ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Kadastr agentligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari mulk va ijara huquqi asosida  elektron onlayn-auksion orqali beriladi (realizatsiya qilinadi);

yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolar to‘liq chiqarib tashlandi;

jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar takomillashtiriladi.

Mavzuga oid
Top