10:20 / 10.07.2023
4734

Avstriyaning ÖMV kompaniyasi «Gazprom» bilan shartnomani bekor qilmoqchi emas

ÖMV’ning rossiyalik yetkazib beruvchi bilan shartnomasi 2040 yilda tugaydi. Shu bilan birga, kompaniya gaz yetkazib berish bo‘yicha zaxira shartnomalarini ham imzoladi. 

Foto: Reuters

Avstriyaning ÖMV energiya kompaniyalari guruhi, boshqa manbalardan import ehtiyojlarini qoplash uchun mavjud shartnomalarga qaramay, bu qishda o‘z gazining katta qismini Rossiyadan sotib olishni davom ettiradi. Bu haqda ÖMV bosh direktori Alfred Shtern 9 iyul, yakshanba kuni Financial Times (FT) gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Top-menejyerning so‘zlariga ko‘ra, uning kompaniyasi 2018 yilda «Gazprom» bilan Rossiyadan gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan uzoq muddatli shartnomani bekor qilmoqchi emas. «Rossiya yetkazib berishni amalga oshirar ekan, biz bu hajmlarni «Gazprom»dan olamiz, - dedi Shtern. «Rossiya gazi g‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lmagan», - deb eslaydi nashr bu borada.

Rossiyadan gazga nisbatan sanksiyalar joriy etish ehtimoliga munosabat bildirar ekan, ÖMV bosh direktori «buni siyosatchilar hal qilishi kerak» deb ta’kidladi. Shu bilan birga, u «ayrim manbalardan voz kechish gaz narxining oshishiga ham olib keladi», deya ogohlantirdi. 

Eng yirik aksiyadori Avstriya hukumati bo‘lgan ÖMV mamlakat bozoridagi gazning 30 foizini ta’minlaydi. Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan beri ushbu korxona Rossiyaning energiya resurslarini sotib olgani uchun bir necha bor tanqid qilingan. O‘tgan qishning ma’lum davrlarida kompaniya Rossiya tomoniga yetkazib berish uchun oyiga 1 milliard yevrodan ortiq pul to‘lagan. 

Bugungi kunga qadar kompaniya o‘ziga kerak bo‘lgan barcha gazni qabul qilish, shuningdek, Norvegiya, Niderlandiya va Italiyadagi STG terminallaridan yetkazib berish uchun quvur quvvatini ijaraga olish bo‘yicha shartnomalar imzoladi, dedi Shtern. 

«Bularning barchasi bizga Rossiyadan bo‘lmagan gazdan foydalanish imkonini beradi, u esa mijozlar oldidagi majburiyatlarimizni qoplash uchun yetarlidir», — dedi Shtern. Shu bilan birga, u o‘tgan yili katta miqdorda o‘zgarib turgan, ÖMV oylik gaz importining 20 foizidan 70 foizigacha bo‘lgan Rossiya ta’minotining ishonchsizligini ta’kidladi. 

Shtern qo‘shimcha qilishicha, umuman olganda, ÖMV joriy energetika inqirozi bilan shug‘ullanishda «juda yaxshi ish qildi». Shu bilan birga, u «Gazprom» bilan shartnoma shartlari hali ham Rossiyaga bog‘liq ekanligini tan oldi. ÖMV’ning «Gazprom»dan gaz sotib olish bo‘yicha shartnomasi 2040 yilda tugaydi. 

Mavzuga oid
Top