07:24 / 12.07.2023
1957

6 oyda 21 mingdan ortiq o‘zbekistonlik xorijda manzilli ishlarga joylashtirilgan 

O‘tgan olti oyda 21 595 nafar o‘zbekistonlik xorij davlatlarida manzilli ishlarga joylashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.

Ortiqxo‘ja Norov

Qayd etilishicha, vakolatli tashkilotlari va salohiyatli ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Buyuk Britaniya, Bolgariya, Ruminiya, Latviya, Polsha, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan 58 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 30 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.

Bugungi kunda Germaniya, Chexiya, Vengriya, Isroil, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha kabi davlatlarda tibbiyot, haydovchilik, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.

Top