Jahon | 10:12 / 14.07.2023
5458
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV RF elchixonalarini chetda yashash ruxsatnomasi haqida xabardor qilishni taklif etyapti

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi buyrug‘i loyihasiga ko‘ra, chet el fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan rossiyaliklar bu haqda Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini xabardor qilishlari mumkin.

Foto: Rossiya TIV

Boshqa davlatning fuqaroligi, yashash uchun ruxsatnomasi yoki «xorijiy davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati» bo‘lgan rossiyaliklar kuzdan shu haqda Rossiya elchixonasi yoki konsulligini xabardor qilishi mumkin. Bu regulation.gov.ru saytida 13 iyul, payshanba kuni e’lon qilingan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi buyrug‘i loyihasida aytilgan.

Rossiya fuqarolari tegishli hujjatlarni olgan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida chet el fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnomasi to‘g‘risida Rossiyaning chet eldagi diplomatik vakolatxonasini xabardor qilishi taklif etiladi. Xuddi shu muddat Rossiyaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarini boshqa davlat fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnomani yo‘qotgani to‘g‘risida xabardor qilishda ham amalda bo‘ladi.

Rossiyaning 18 yoshdan oshgan fuqarolari bildirishnomalarni shaxsan yoki vakil orqali «Rossiya qonunchiligiga muvofiq notarial tasdiqlangan» ishonchnoma bilan, voyaga yetmaganlar yoki muomalaga layoqatsiz fuqarolar esa - o‘z qonuniy vakillari orqali taqdim etishi mumkin. 

Buyruq mualliflari xabar berish tartibini 2023 yil 26 oktyabrdan kuchga kiritishni taklif qilmoqda. Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari boshqa davlat fuqaroligi yoki chet elda yashash uchun ruxsatnoma mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilinmagan taqdirda qanday jazo berilishi haqida buyruqda aytilmagan. 

04.06.2014 yildagi 142-FZ-sonli federal qonunga ko‘ra, chet el fuqaroligini, yashash uchun ruxsatnomani yoki chet elda doimiy propiskani olgandan so‘ng, fuqaro Rossiya Ichki ishlar vazirligini hujjatni olgan sanasidan «oltmish kun ichida» xabardor qilishi shart. Ushbu qoida chet elda doimiy yashovchi va Rossiyaga tashrif buyurmagan rossiyaliklarga taalluqli emas. 

Ushbu talabni bajarmaslik, Rossiya Jinoyat kodeksi normalariga muvofiq, ikki yuz ming rublgacha jarima yoki ozodlikdan mahrum etilgan mahkumning bir yilgacha bo‘lgan muddatga ish haqi yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Xabardor qilish tartibini buzganlik uchun rossiyalik 500 rubldan 1000 rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Mavzuga oid