Jahon | 15:11 / 15.07.2023
13741
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus «Vagner» XHK bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni taqdim etdi

«Belorusskiy Gayun» monitoring guruhi ma’lumotiga ko‘ra, «Vagner» XHKning katta kolonnasi Osipovichi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanmoqda.

Foto: Getty Images

Belarus Mudofaa vazirligi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbariyati Qurolli kuchlar va yollanma askarlarni tayyorlashning keyingi qo‘shma tizimi masalasi bo‘yicha yaqin kelajak uchun «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqdi. Bu haqda 14 iyul, juma kuni kechqurun Belarus Mudofaa vazirligi ma’lum qildi

Gap «qurolli kuchlarning turli bo‘linmalari o‘rtasida tajriba almashish» haqida ketmoqda, deya ma’lum qildi idora.

Ayni paytda, «Belorusskiy Gayun» monitoring guruhi 15 iyulga o‘tar kechasi Mogilev viloyati sharqidagi Krichev tumanida «Vagner» XHKning katta karvoni Belarusga Rossiyadan kirib kelganini bildirdi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR» raqamlari bo‘lgan yengil va yuk mashinalari kuzatilgan. 

Ular Rogachev orqali Bobruysk tomon, keyin esa - Osipovichiga yo‘l oldi, deb qayd etadi «Belorusskiy Gayun». Kuzatuvchilar fikricha, yo‘nalish kolonna Mogilev viloyati Tsel qishlog‘idagi chodirli lager tomon ketayotganini bildiradi.

Ularga ko‘ra, Belarus GAIsi kuzatib borayotgan kolonnada kamida 60 ta avtomobil, jumladan, «UAZ-Patriot» pikaplari, o‘nta yuk mashinasi, UAZ mikroavtobuslari va uchta avtobus bo‘lgan. Toshkent vaqti bilan soat soat 10:00 da kolonna Osipovichi yo‘nalishida harakatlanishda davom etgan, deya ta’kidlaydi monitoring guruhi. 

Mavzuga oid