07:32 / 15.07.2023
4293

O‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 mingdan oshdi

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi.

Foto: KUN.UZ

2023 yil 14 iyul holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 909 nafarga yetdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili  — 468 462 nafar;
  • rus tili  — 57 351 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 13 509 nafar;
  • boshqa tillar — 1 587 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi ta’lim shakli — 357 529 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 13 686 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 165 923 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 3 771 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 21 151 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 16 386 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 16 370 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 16 295 nafar;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 15 913 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  • Samarqand viloyati — 63 142 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 60 697 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 51 029 nafar;
  • Toshkent viloyati — 48 348 nafar;
  • Andijon viloyati — 45 371 nafar.
Top