23:09 / 24.07.2023
23104

Qamchiq dovonida yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 

Yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopildi. 

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

24 iyul kuni soat 16:53 da «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 242-kilometrida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlanayotgan DAF yuk avtomashinasi haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida yo‘l o‘rtasida qaychi usulida to‘xtab qolgan. Oqibatda, uning yoqilg‘isi oqib ketgan. 

Uning ortidan kelayotgan CIMC rusumli qurilish mahsuloti tashishga mo‘ljallangan avtomashina toyib ketib, yo‘l chetidagi xandaqqa qulagan. 

Hodisa joyida FVV qutqaruvchilari, YPX va «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari oqibatlarni bartaraf etmoqda. Yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgani aytilmoqda. 

Hodisa oqibatida jismonan jabrlanganlar yo‘q. 

Top