O‘zbekiston | 07:44 / 25.07.2023
1401
1 daqiqa o‘qiladi

O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: parliament.gov

Yig‘ilishda “O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasida “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunga o‘lchash vositalarini qiyoslash xizmatlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan ko‘rsatilishi, o‘lchash natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini, metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishi nazarda tutilmoqda. 

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Mavzuga oid