Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Foto: Markaziy bank
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan Sodir Odilovich Meliboyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
MB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning zimmasiga buxgalteriya hisobi va hisoboti, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish, to‘lov tizimlari, axborot texnologiyalari hamda respublikada HUMO milliy to‘lov tizimi faoliyatining uzluksiz ishlashini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.
Sodir Meliboyev 1969 yilda tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U bank tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega. Shu kungacha Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
11:23 / 26.01.2026
5 grammli oltin quymasining narxi 10 million so‘mdan oshdi
09:02 / 23.01.2026
Markaziy bank tijorat banklarini ogohlantirdi
11:13 / 21.01.2026
Firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
20:16 / 17.01.2026