11:04 / 26.07.2023
13959

Qonliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumaniga yangi rahbar tayinlandi.

Bahrom Sultonov

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, Bahrom Sultonov Qonliko‘l tumani hokimi sifatida ish boshladi.

B.Sultonov tayinlovga qadar "O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki departament direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Abu-Bakir Ibragimov Qonliko‘l tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. Uning ishdan olinishiga nima sabab bo‘lgani va yangi ish joyi to‘g‘risida xabar berilmagan.

Abu-Bakir Ibragimov 2020 yil sentabr oyi o‘rtalarida Qonliko‘l tumaniga rahbar etib tayinlangandi.

Qonliko‘l tumanining undan avvalgi hokimi Davlat Tolibayev 2020 yil iyul oyida koronavirus oqibatida vafot etgandi.

Top