Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Koreya urushi tugaganining 70 yilligini nishonlamoqda
Shimoliy Koreya davlat matbuoti bayramlar miqyosi tarixda qolishi haqida xabar bermoqda. Yubileyni nishonlash uchun Shimoliy Koreyaga Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham keldi.
Foto: KCNA via Reuters
Shimoliy Koreyada 26 iyul, chorshanba kuni Koreyada urush tugaganining 70 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbirlari boshlandi. Davlat matbuoti «bayramlarning miqyosi tarixda qolishi» haqida xabar berdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qabristonga tashrif buyurib, u yerda Koreyada jang qilgan xitoylik askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi va Xitoy sobiq yetakchisi Mao Tszedunning to‘ng‘ich o‘g‘li Mao Anin qabriga gulchambar qo‘ydi.
Xitoy xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan Shimoliy Koreyaga o‘ta muhim iqtisodiy yordam ko‘rsatib, Shimoliy Koreyaning uzoq yillik ittifoqchisi hisoblanadi. Bir paytlar Mao Anin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar «tishlardek yaqin» ekanini aytgan edi.
KCNA / KNS / AFP / Scanpix / LETA
Koreya urushi 1950 yilda boshlanib, 1953 yil 27 iyulda o‘t ochishni to‘xtatish bitimi imzolanishi bilan yakunlandi, ammo tinchlik shartnomasiga qo‘l qo‘yilmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki Koreya davlati hali ham urush holatida. 27 iyul Shimoliy Koreyada «G‘alaba kuni» sifatida nishonlanadi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham bayramni nishonlash uchun Shimoliy Koreyaga keldi. Pxenyan aeroportida uni madhiya va qizil gilam bilan kutib olishdi. Ommaviy axborot vositalari suratlarni e’lon qildi, ulardan Shoyguni Shimoliy Koreya mudofaa vaziri Kan Sun Nam va minglab askarlar kutib olganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
11:12 / 25.12.2025
Axborot maydoni va frontdagi reallik – tahlilchilar nazarida
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
22:47 / 10.11.2025