Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prigojin: «Vagner» yollanma askarlarni qabul qilishni to‘xtatdi
Foto: RIA Novosti
Yevgeniy Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, uning kompaniyasida hali kadrlar yetishmovchiligi sezilmayapti. «Vagner» Afrika va Belarusdagi tayyorgarlik markazlarida ishlashda davom etmoqda, dedi u.
Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi noma’lum muddatga yollanma askarlarni qabul qilishni to‘xtatdi, dedi XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin. «Kadrlar tanqisligiga duch kelmagunimizcha, yangi qabulni rejalashtirmayapmiz. Ammo vatan manfaatlarini himoya qila oladigan yangi (qo‘shimcha) «guruh» tuzish zarurati yuzaga kelsa, biz, albatta, yollashni boshlaymiz», dedi Prigojin 31 iyul, dushanba kuni Grey Zone Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarida.
Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda XHK o‘z faoliyatini faqat Afrikada va Belarusdagi tayyorgarlik markazlarida davom ettirmoqda, yollanma askarlarning aksariyati ta’tilda, chunki «bundan oldin uzoq vaqt juda og‘ir ish bo‘lgan». «Bugun biz o‘zimizning navbatdagi vazifalarimizni belgilayapmiz, ularning konturi borgan sari aniqroq chizilmoqda. Albatta, bular Rossiyaning buyukligi yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalardir», - dedi u.
Iyul oyi boshida «Vagner» XHK Ukrainadagi urushda vaqtincha ishtirok etmaslik va Belarusga ko‘chib o‘tganligi sababli yollanma askarlar qabuli bir oyga to‘xtatilganini e’lon qildi.
Iyun oyining oxirida «Vagner» XHK qurolli isyonidan so‘ng, Yevgeniy Prigojin Rossiya va Belarus hukumati bilan Belarusga «ketishi» haqida kelishib oldi. XHK yollanma askarlariga uyga qaytish, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki Prigojinga ergashish taklif qilindi.
Mavzuga oid
15:56 / 08.12.2025
AP: Malida Afrika korpusi «Vagner»ga o‘xshash «yondirilgan yer» taktikasini qo‘llamoqda
12:55 / 25.10.2025
Londonda «Vagner» XHK bilan hamkorlik qilgan britaniyaliklarga hukm o‘qildi
11:11 / 09.10.2025
Rossiya uchun jang qilgan qozog‘istonlik o‘z vatanida 5 yilga qamaldi
11:15 / 08.08.2025