09:35 / 04.08.2023
8384

Rossiya prezidentining maxfiy farmonlari soni keskin oshdi - OAV

Prigojin isyoni va Ukrainaning qarshi hujumi fonida Putin 1999 yildan beri rekord darajadagi maxfiy farmonlarni imzoladi, deb yozadi «Mediazona». 

Foto: kremlin.ru

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina 2023 yilning iyul oyida Rossiya prezidenti imzolagan hujjatlarning 62 foizi e’lon qilinmagan.

Zamonaviy Rossiya tarixida faqat bir marta maxfiy farmonlarning ulushi biroz yuqori bo‘lgan - 1999 yil yanvar oyida 64 foizni tashkil etgan. 

«Mediazona»ning ta’kidlashicha, maxfiy farmonlar ko‘pincha jangovar harakatlar ishtirokchilarini, shu jumladan vafotidan keyin mukofotlash bilan bog‘liq bo‘ladi.

2022 yil martida Rossiya harbiy harakatlarining boshida maxfiy farmonlarning ulushi 54 foizga yetgan. 

Mavzuga oid
Top