22:04 / 05.08.2023
29647

Superliga. «Paxtakor» «Neftchi»ga mag‘lub bo‘ldi, «Nasaf» «Turon»ga yutqazdi, «Buxoro»da g‘alaba

Superliga 15-turi doirasidagi bugungi bahslarda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Foto: tribuna.uz

«Paxtakor» Samarqanddagi mag‘lubiyatidan keyin endi «Neftchi»ga yutqazdi. Diyor Turopovning goli vodiy klubiga Toshkentdan g‘alaba bilan qaytishini ta’minladi. Vitaliy Levchenko shogirdlari 1-davrada ham Maksim Shatskix jamoasidan ustun kelgandi. 

«Nasaf» esa Yaypanda turnir autsayderlaridan biri «Turon»ga yutqazib qo‘ydi. Murtazoyevning goli sobiq jamoasining mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

«Buxoro» esa Dilshod Jo‘rayevning yagona goli evaziga «Qizilqum»dan ustun kelib, oxirgi o‘rinni tark etdi.

Shu tariqa, «Neftchi» 31 ochko bilan shuncha ochkoga ega «Paxtakor»ni ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Nasaf» 25 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. «Buxoro» va «Turon» so‘nggi o‘rinlarni tark etishdi, «Qizilqum» 10 ochko bilan 14-o‘ringa tushdi.

Superliga. 15-tur
Paxtakor – Neftchi – 0:1

Gol: Diyor Turopov, 69.
Chetlatish: Maksim Shatskix, 52 (murabbiy, Paxtakor)

Turon – Nasaf – 1:0 
Gol: Humoyun Murtozayev, 23.

Buxoro  - Qizilqum - 1:0  
Gol: Dilshod Jo‘rayev, 38.

Mavzuga oid
Top