O‘zbekiston | 07:43 / 12.08.2023
4822
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga mobil telefonlar asosan Xitoydan import qilinyapti

O‘zbekiston 107,5 mln AQSh dollariga teng barcha turdagi mobil telefon import qilgan.

Foto: iStock

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 558,3 ming dona mobil telefonlar import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2023 yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1 389,5 ming dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Vetnam – 148,8 ming dona;
  • Hindiston  – 14,2 ming dona;
  • Qozog‘iston – 2,4 ming dona;
  • Tayvan – 1,6 ming dona;
  • Turkiya  – 1,9 ming dona;
  • boshqa davlatlar – 1,4 ming dona.

Mavzuga oid