07:52 / 14.08.2023
29198

O‘zbekistonda uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum bo‘ldi

Uzum yetishtirish hajmi 2,7 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Surxondaryo viloyatida olingan.

Foto: Getty Images

2023 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 foizga oshgan.

O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 foiz), Qashqadaryo (12,4 foiz), Buxoro (12,2 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,7 foiz), Jizzax viloyatiga (1,4 foiz) to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

Top