O‘zbekiston | 09:09 / 21.08.2023
12429
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistonida ishlash imkoniyatlari muhokama etildi

Ikki davlat vakillari «Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim»ni samarali amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Jahra al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2022 yilning 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan «Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim»ni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd qilinishicha, 4 sentabrdan Umra ziyoratiga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun Saudiya Arabistoni tomonidan yangi reyslar amalga oshiriladi. Bu esa mazkur mamlakatda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi.

Uchrashuvda podshohlik tarafidan ish beruvchilarning imkoniyatlari va talablarini o‘rganib chiqish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning tasarrufidagi Mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullaridan iborat Texnik qo‘mita tuzilib, tez fursatda faoliyatini boshlash borasida kelishib olindi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni ish beruvchilari va rekruting kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga kelishini tashkil etish maqsadga muvofiq ekani aytildi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Mavzuga oid