Benzin ishlab chiqarish hajmi 18 foizga oshdi
Dastlabki 7 oyda 3,1 mln tonna ko‘mir, 456 ming tonna neft qazib olindi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 781,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,3 foizga oshgan.
2023 yil yanvar-iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 781,4 ming tonna;
— Ko‘mir – 3,1 mln tonna;
— Neft – 456 ming tonna;
— Gaz kondensati – 707,5 ming tonna;
— Avtobus – 454 dona;
— Yuk avtomobillari – 1372 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 122 710 dona;
— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 194 053 dona.
Mavzuga oid
10:08 / 02.09.2024
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
12:30 / 01.09.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
22:16 / 30.08.2024
Bu yil Yaponiyada 40 mingga yaqin odam uyida yolg‘iz vafot etdi
21:03 / 28.08.2024