Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni AQSh Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Geri Pitersni qabul qildi.
O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ikki mamlakatning parlamentlararo muloqoti doirasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari ko‘paymoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan AQSh prezidenti tashabbusi bilan Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan «C5+1» formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.


Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025