12:28 / 31.08.2023
5704

Yangi o‘quv yili munosabati bilan ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

2023-2024 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarning o‘z vaqtida yetib borishi uchun bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, ular quyidagicha:

  • Urganch - Toshkent;
  • Xiva - Toshkent;
  • Buxoro - Toshkent;
  • Toshkent - G‘ijduvon;
  • Toshkent - Qorako‘l;
  • Toshkent - Shofirkon.

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023 yilning 3 sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahri avtoshohbekatidagi chiptaxonadan yoki elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Top