Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya o‘zbekistonlik mutaxassislarni qator yo‘nalishlarda ishga joylashtirishga tayyor
Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Foto: Dunyo AA
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA) rahbariyati va Germaniyaning Goldcliff Stark kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Goldcliff Stark kompaniyasi O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilishdan manfaatdor ekanligini va o‘zbekistonlik mutaxassislarni quyidagi yo‘nalishlarda ishga joylashtirishga tayyorligini bildirdi:
- Hamshiralik ishi sohasida tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘rta maxsus tibbiy ma’lumotli mutaxassislar;
- Mehmonxonalar va restoranlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (konserj, resepshin, xizmatkor, texnik, metrdotel, oshpaz, ofitsiant va qo‘riqchi);
- Kafelchi, duradgor, betonchi, suvoqchi, bo‘yoqchi, elektrchi, chilangar kasblari bo‘yicha tajribali malakali quruvchilar.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida yaqin kelajakda Goldcliff Stark kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish va TMMA bilan tegishli shartnoma imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
21:15
AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning bir guruhi Vatanga qaytarildi
09:14 / 20.01.2026
Ichki ishlar tizimida migratsiya xizmatlari raqamlashtiriladi: “Aqlli” shoxobchalar joriy etiladi
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
18:30 / 15.01.2026