Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Kim Chen In «Vostochniy» kosmodromida uchrashdi
Amerikalik rasmiylarga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari Putin bilan Moskvaga qurol-yarog‘ yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 sentabr, chorshanba kuni Amur viloyatidagi «Vostochniy» kosmodromida KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi poyezdda kosmodromning temiryo‘l vokzaliga yetib kelgan.
Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv marosimi hozirda yangi «Angara» raketasi yig‘ilayotgan raketani yig‘ish va sinovdan o‘tkazish binosida bo‘lib o‘tdi.
Putin va Kim Chen In 2019 yilda, Kim Chen In poyezdda Vladivostokka kelganida uchrashgan.
Bo‘lajak safar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan amerikalik rasmiylarga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari Putin bilan Moskvaga qurol-yarog‘ yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Shimoliy Koreya rahbariga harbiy sanoatning yuqori martabali vakillari, diplomatlar va harbiy rahbarlar hamrohlik qilmoqda.
Mavzuga oid
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026