Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp kanal yaratish funksiyasini ishga tushirganini e’lon qildi
Endi foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan narsalar haqidagi yangiliklarni kanallar orqali maxfiy ravishda olishi mumkin bo‘ladi.
Foto: WhatsApp
WhatsApp messenjeri kanal yaratish funksiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berdi. Xuddi shunday funksiya Telegram ilovasida bir necha yillardan beri qo‘llanadi.
WhatsApp kanallarini yaratish imkoniyati 150 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Foydalanuvchilar messenjer blogida ko‘rsatilganidek, o‘zlarini qiziqtirgan narsalar haqidagi yangiliklarni maxfiy ravishda olishi mumkin bo‘ladi.
Bu funksiya yaqin oylar ichida ommaviy ishga tushiriladi. WhatsApp messenjerining rasmiy kanali hozirda faoliyat yuritmoqda.
Foydalanuvchilar kanal xabarlariga munosabat bildirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, foydalanuvchi mamlakatiga xos bo‘lgan avtomatik filtrlash funksiyasi joriy etiladi.
Kanalda e’lon qilingan xabarlarni shaxsiy chat va guruhlarga yo‘naltirish ham mumkin. Administratorlarga xabar e’lon qilinganidan keyin 30 kun davomida uni tahrirlash imkoni beriladi.
Mavzuga oid
19:07 / 21.01.2026
Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanadigan mamlakatlar aniqlandi – O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlarda
21:59 / 20.01.2026
2026 yilda 5G texnologiyalarini joriy etish jarayoni davom ettiriladi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025