07:26 / 14.09.2023
3080

O‘zbekistonda biznes-ombudsman maqomi aniqlashtirilmoqda

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning devonini tashkil etish taklif etilmoqda.

Yangi qonun loyihasi bilan “O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning faoliyatini ta’minlash uchun yuridik shaxs huquqiga ega davlat organi bo‘lgan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning devonini tashkil etish taklif etilmoqda.

Mazkur qonun loyihasiga Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilandi va birinchi o‘qishga tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Top