Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 7 hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Joriy yilning 20-22 sentabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilyapti. Bu haqda FVV «O‘zgidromet»ga tayangan holda xabar berdi.
Foto: Kun.uz
Shu sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkin.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
09:55
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
11:40 / 11.02.2026