10:29 / 25.09.2023
11488

Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi

Yangihayot va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning ayrim tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi

Shu munosabat bilan, 25 sentabr kuni ba’zi mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti to‘xtatildi.

Yangihayot tumanida 18:00 gacha:

— Fayzli mahallasi Qipchoq ko‘chasi.
— Daryobo‘yi 3-tor va Rayhon ko‘chalarida.

Bektemir tumanida 19:00 gacha:

— Tomorqa, Marvarid, Chinor, Maydon, Navqiron, Bektemir, Rohat, Nurafshon, Charog‘on, Navoiy ko‘chalari;
— Hovli bog‘ ko‘chasida;
—  Gulbog‘ va Iyk ota mahallalari.

Top