00:38 / 27.09.2023
9737

Tog‘li Qorabog‘dagi benzin ombori portlashi oqibatida 125 kishi halok bo‘ldi.

Fojia Armanistonga ketayotgan odamlar benzin olish uchun omborga to‘plangan paytda yuz berdi.

Foto: EPA

Tog‘li Qorabog‘dagi benzin ombori portlashi oqibatida kamida 125 kishi halok bo‘ldi, ularning jasadi Armanistonga yetkazildi. Bu haqda Armaniston sog‘liqni saqlash vaziri Anaxit Avanesyan ma’lumot berdi.

«Bugun biz Tog‘li Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan 125 kishining jasadini olib keldik. Ular sud-tibbiyot markazining tegishli bo‘limiga yetkazildi va shaxsi aniqlanadi. Bu jarayonda olingan ma’lumotlarni e’lon qilamiz», dedi vazir.

Avanesyan, shuningdek, yana 67 nafar jabrlanuvchi hozir Milliy kuyish markazida ekani, aksariyatining ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir deb baholanayotganini ma’lum qildi.

Tog‘li Qorabog‘dagi Stepanakert-Askeran trassasi yaqinidagi benzin omborida 25 sentabr kuni kechqurun portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlarning juda ko‘pligi omborda Armanistonga ketayotgan odamlarga yoqilg‘i tarqatilgani bilan izohlanmoqda.

Keyinroq Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani, yana 290 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. Departamentning aniqlik kiritishicha, o‘nlab odamlarning ahvoli o‘ta og‘ir.

Mavzu
Armanlarning Qorabog‘dan ko‘chishi
Xonkandi Ozarboyjon nazoratiga o‘tgach, Qorabog‘ni 100 mingdan oshiq etnik armanlar tark etdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top