Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi tayinlandi
Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisiga aylandi. U 2020 yildan buyon ishlab kelgan Feruza Mahmudovaning o‘rnini egalladi.
Foto: Twitter / ZBenHillel
Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. Bu haqda Isroilning Toshkentdagi elchisi Zexavit Ben-Gilel ma’lum qildi.
Jahongir Aminov 2019 yil oktyabr oyidan buyon Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyaviy-texnik ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Undan avval TIV MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yildan buyon O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlayapti.
Mavzuga oid
09:24 / 23.12.2025
Isroil hukumati armiya radiosini yopishni ma’qulladi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
17:48 / 09.12.2025