16:23 / 09.10.2023
7076

Quyosh panellaridan foydalanish bo‘yicha bepul treninglar tashkil etildi

“Get green energy trade” kompaniyasi quyosh panellari foydalanuvchilariga bepul treninglar tashkil qilmoqda. Haftada 5 kun davomida quyosh panellarini o‘rnatish va ulardan foydalanish haqida o‘rganish mumkin.

Bugun quyosh elektr stansiyalari ekologik va iqtisodiy samaradorlik sabab ommalashmoqda. Energetika yechimlarini respublika aholisi uchun qulay qilish maqsadida “Get green energy trade” kompaniyasi o‘zining savdo ofisi va shourumini ishga tushirgan edi. Shourumda quyosh stansiyalarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari bepul treninglar tashkil etilmoqda.

Sotuv ofisida mijozlarga maslahat va tavsiyalar beriladi. Trening markazida esa quyosh panellarini o‘rnatish, loyihalashtirish va monitoring qilishni o‘rganish mumkin. Treninglar har hafta dushanbadan juma kuniga qadar tashkil etiladi.

Kompaniya rahbari Elmurod Abdullayev quyosh panellari tanlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida gapirib berdi:

«Quyosh elektr stansiyalarida ikkita muhim qism bor generatsiya uchun. Birinchisi — inventorlar, ularning vazifasi o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantirish va elektrni asosiy tarmoqqa qo‘shib berish. Ishonchli inventor bo‘lishi judayam muhim, chunki bunday elektr stansiyalarining asosiy xarajatlaridan biri inventorlar bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha inventorlarni o‘rganib, birinchi raqamli bo‘lgan Sungrow inventorlarini O‘zbekiston bozoriga olib kirdik. Bu inventorlar 30 yildan ortiq xizmat qiladi. Biz Sungrow kompaniyasining O‘zbekistondagi asosiy hamkori bo‘lganimiz uchun bu inventorlarga oxirgi iste’molchiga 5 yildan 10 yilgacha kafolat beriladi. Biz ko‘p kompaniyalar bilan muzokara olib bordik, chunki maqsadimiz O‘zbekistonda yagona shu sohaga javob beradigan, kafolat beroladigan kompaniya olib kirish edi. 20 kilovattgacha bo‘lgan inventorlarga 10 yil, 20 kilovattdan katta bo‘lganlariga 5 yil kafolat beramiz. Deylik, 3-4 yildan keyin o‘sha xildagi inventor ishlab chiqarishdan to‘xtashi mumkin, ichki qismlari o‘zgarishi mumkin yoki. Shuning uchun kompaniya bizga olib kelingan inventorlarning 3 foizida zaxira sifatida inventorlar beradi va omborda turadi. Kafolat muddati ichida birorta invertor buzilsa, o‘sha zaxiradar ta’mirlaymiz yoki almashtiramiz. Sungrow kompaniyasi xalqaro reytingda ham eng yuqori o‘rinda turadi. Hatto juda issiq iqlim sharoiti ham hisobga olingan», - dedi u.

“Get green energy trade” kompaniyasi taqdim etayotgan inventorlar maxsus raqamlanadi va shu asosda kafolatlanadi. Bu kafolat muddati 30 yilni tashkil qiladi.

Xonadonlar uchun o‘rnatib beradigan quyosh elektr stansiyalarida quyoshdan olingan elektr yetarli bo‘lmasa, davlat tarmog‘idan qo‘shimcha olish yoki ortib qolsa, davlatga sotish imkoniyati bor. Shuningdek, zaxira akkumulyatorlar ham o‘rnatish mumkin. Kompaniya mutaxassislari barcha savol-javoblar va maslahatlar uchun o‘z vaqtlarini va bilimlarini ayamaydi.

Telefon: +998 55 506 77 88 (09:00 dan 18:00 gacha)

Telegram: https://t.me/get_green_energy_trade

Instagram: https://www.instagram.com/get_green_energy_trade/

Facebook: https://www.facebook.com/get.green.energy.trade/

Reklama

 
Top