Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib aerotaksida odam tashishga ruxsat berdi
Hozircha, uchuvchisiz havo taksisi 20 daqiqa davomida parvoz qila oladi.
Foto: Ed Jones | Afp | Getty Images
Xitoy uchuvchisiz havo taksilaridan foydalangan holda yo‘lovchilarni tijorat maqsadida tashishga ruxsat bergan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. EH216-S uchar avtomobilini ishlab chiqqan EHang startapi shunday ruxsatnoma olgani aytilmoqda.
Ushbu qurilmaning prototipi 2017 yilda osmonga ko‘tarilgan. Shundan beri kompaniya 40 mingga yaqin sinov parvozini amalga oshirdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, sinov paytida bortdagi odamlar bilan birorta ham favqulodda vaziyat yuzaga kelmagan.
EH216-S — ikki kishilik kapsulaga ega elektr oktokopter. Ikkala o‘rindiq ham yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan, bortda uchuvchi bo‘lishi talab qilinmaydi. U vertikal ravishda uchadi va qo‘nadi. Bitta zaryad atigi 20 daqiqalik parvoz uchun yetarli, shuning uchun qurilma hali uzoq masofalarga mo‘ljallanmagan. Ammo qisqa sayohatlar 135 km/soat tezlikda amalga oshirilishi mumkin.
Xitoyda havo taksilarini ishga tushirishning aniq vaqti hali e’lon qilinmagan. Ehang bosh direktori Huaji Hu so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bir yil ichida boshqa bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda. Keyin, taxminan besh yil ichida, uchar taksilar dunyoning barcha yirik shaharlarida oddiy holga aylanishi mumkin, deb xulosa qildi u.
Mavzuga oid
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
21:06 / 08.11.2025
Eng ommabop va oson buziladigan parollar reytingi tuzildi
23:22 / 13.10.2025
Sun’iy intellekt maqsadga erishish uchun aldash va manipulyatsiya qilishga qodir - tadqiqot
18:44 / 13.10.2025