Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2026 saralashi. O‘zbekistonning guruhdagi so‘nggi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Osiyo qit’asida JCh-2026 birinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi.
O‘zbekiston milliy jamoasiga JCh-2026 saralashining ikkinchi bosqichida Eron va Turkmaniston bilan birga Hongkong milliy jamoasi ham raqib bo‘ladi.
17 oktyabr kuni, birinchi saralash bosqichi doirasida Hongkong safarda Butan futbolchilariga 0:2 hisobida yutqazdi. Biroq, dastlabki o‘yindagi 4:0 hisobidagi g‘alaba hongkongliklarga ikki bahs natijasiga ko‘ra, navbatdagi bosqich yo‘llanmasini taqdim qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 ikkinchi saralash bosqichi o‘yinlarini 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safardagi bahs bilan boshlaydi. 21 noyabrda esa Toshkentda Eron milliy jamoasini qabul qiladi. Keyingi o‘yinlar 2024 yilda o‘tkaziladi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
21:08 / 17.12.2025
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi
18:50 / 12.12.2025
FIFA JCh-2026 chiptalarining qimmat narxi tufayli «ulkan xiyonat»da ayblandi
23:23 / 11.12.2025
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi
17:16 / 07.12.2025