O‘zbekiston | 09:30 / 26.10.2023
4093
1 daqiqa o‘qiladi

Gulchilikni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha choralar qabul qilindi

Gul tuganaklari uchun bojxona boji nol darajada bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Prezidentning «Gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:

2023 yil 1 noyabrdan 2026 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o‘simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.10.2023 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid