O‘zbekistonni Yevropaga olib chiqadigan transport koridori barpo etiladi – vazir
Mazkur koridor Xitoydan boshlanib, qo‘shni davlatlar, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya orqali o‘tib, Yevropa davlatlariga ulanib ketishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yo‘ldagi xalqaro tashuvlar uchun O‘zbekistonga 70 foizli chegirma berilishi ma’lum qilindi.
1 noyabr kuni Toshkentda ShHTga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar transport vazirlari, vazir o‘rinbosarlari, temir yo‘l rahbarlari, transport-logistika korxonalari vakillari ishtirok etib, sohadagi dolzarb muammolar, samarali xalqaro transport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov bu xalqaro tadbirning ahamiyati va uning doirasida imzolangan memorandumlar haqida gapirib berdi.
Ta’kidlanishicha, ShHTning birinchi transport forumini o‘tkazish tashabbusi 2022 yil sentabr oyida Samarqand sammitida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan.
“Xabaringiz bor, transport sohasida xarajatlar yuqori. Sababi O‘zbekiston dunyoda ochiq dengizga chiqa olmagan mamlakatlardan biri. Prezidentimizning ham tashabbuslari birinchi navbatda qo‘shni davlatlar bilan [hamkorlik qilib] Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib ishlash, o‘zimizning mahsulotlarimizni yetkazishda barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Bugungi tadbir ham bu narsaning bir namunasi”,– deydi vazir Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonga qulay bo‘lgan yo‘nalishlarning imkoniyatlaridan foydalanishda xalqaro transport koridorlari qo‘l keladi. Forum davomida qo‘shni davlatlar, u yerdan Kasbiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya hamda Turkiya orqali Yevropaga olib chiqadigan xalqaro transport koridorini barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu jarayonda tashuvlar uchun O‘zbekistonga 70 foizli chegirma berilishi kutilmoqda.
Umumiy hisoblanganda ShHT davlatlarining birinchi transport forumida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston transport vazirliklari o‘rtasida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport yo‘lagini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha, Rossiya, Qirg‘iziston bilan esa “Rossiya – Kaspiy dengizi – Turkmaniston – O‘zbekiston – Qirg‘iziston” xalqaro multimodal transport koridorini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Umumiy hisobda jami 3 ta anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston transport vazirligi boshchiligida ShHT transport vazirlari forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishtirildi.
Eslatib o‘tamiz, 1-3 noyabr kunlari Toshkent shahrida transport-logistika masalalari yuzasidan muhim tadbirlar bo‘lib o‘tadi. ShHT Birinchi transport forumidan keyin, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi, II xalqaro aviatsiya forumi o‘tishi reja qilingan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti
Jahon | 13:53
-
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
Jahon | 13:52
-
Tramp bayonotidan rozi Falastin, Putinning otashkesim shartlari va Ozarboyjon takliflarini qabul qilgan Armaniston - kun dayjesti
Jahon | 13:51
-
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

10:57 / 05.01.2025
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

21:21 / 17.10.2024