08:10 / 02.11.2023
2456

Xitoy O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega davlat bo‘lib qolyapti

O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 7,6 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 4,7 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,2 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Koreya – 1,7 mlrd;
  • Turkiya – 1,3 mlrd;
  • Germaniya – 723 mln;
  • Turkmaniston – 701 mln;
  • Braziliya – 552 mln;
  • Hindiston – 431 mln; 
  • Litva – 412 mln AQSh dollari.

Bundan oldin 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 2,3 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,9 mlrd hamda 1,1 mlrd dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.

Mavzuga oid
Top