15:08 / 30.11.2023
9815

Sirdaryoda ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

Narxlar 15 dekabrdan narxlar o‘zgaradi.

Sirdaryo viloyatida ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023 yilning 15 dekabridan narxlar quyidagicha o‘zgaradi:

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun 1 metr kub — 2 500 so‘m (amalda 1 250 so‘m);
  • budjet tashkilotlari uchun 1 metr kub — 7 000 so‘m (amalda 2 500 so‘m);
  • ulgurji iste’molchilar uchun 1 metr kub — 7 000 so‘m (amalda 2 500 so‘m);

Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun 1 metr kub — 800 so‘m (amalda 530 so‘m);
  • budjet tashkilotlari uchun 1 metr kub — 2 000 so‘m (amalda 1200 so‘m);
  • ulgurji iste’molchilar uchun 1 metr kub — 2 000 so‘m (amalda 1200 so‘m);

Bundan avval Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangandi. 

Mavzuga oid
Top