Britaniya O‘zbekistonda «yashil» loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti
Britaniyaning Kalo Holdings kompaniyasi O‘zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, gap savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar hamda 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan stansiyalarni qurishga qaratilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar haqida ketmoqda.
Kompaniya vakillari O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov bilan muzokaralar chog‘ida sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Ularga mamlakatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, iqtisodiyot, savdo va qurilish sohasidagi salohiyati haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Mazkur loyihalar amalga oshirilgan taqdirda O‘zbekiston aholisining umumiy manfaati uchun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga katta turtki bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024