Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmida ulushi yuqori davlat ma’lum qilindi
O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiya hajmida qaysi davlatning ulushi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Foto: Getty Images
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 226,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 104,4 trln co‘m miqdorida qayd etilgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiyalar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor – mamlakatlar:
— Xitoy – 24,5 foiz;
— Rossiya – 15,9 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 7 foiz;
— Turkiya – 6 foiz;
— Kipr – 4,1 foiz;
— BAA – 3,7 foiz;
— Germaniya – 3,5 foiz;
— Shveytsariya – 3,4 foiz;
— AQSh – 3,3 foiz;
— Niderlandiya – 2,4 foiz.
Mavzuga oid
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
10:39 / 20.02.2026
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
11:53 / 19.02.2026