Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning singlisi Yaponiya sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi
Gulbahor Ismoilovaga nisbatan cheklov choralari ko‘rildi.
Foto: Facebook
15 dekabr kuni Yaponiya hukumati Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi, oqibatda Rossiya, BAA, O‘zbekiston, Suriya va Armanistondan 35 nafar jismoniy shaxs va 44 yuridik shaxsning aktivlari muzlatildi.
Ro‘yxatda (.pdf) rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova ham bor.
U bilan bir qatorda quyidagilarga nisbatan cheklov choralari qo‘llanilgan: Rossiyaning «Patriot», «Vityaz» kompaniyalari, Bryansk avtomobil zavodi, Ural fuqaro aviatsiyasi zavodi, rossiyalik tadbirkor Igor Kesayev, Tatariston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Leyla Fazleyeva, Rossiyaning sobiq bosh prokurori Yuriy Chayka o‘g‘li Igor Chayka va boshqalar.
Ushbu shaxslarga Yaponiyadan har qanday tovarlarni olib chiqish taqiqlangan. Bundan tashqari, ushbu me’yoriy hujjat 2024 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan nosanoat olmosni olib kirishni ham taqiqlaydi.
Mavzuga oid
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
18:08 / 03.12.2025
Britaniyaning Revolut banki O‘zbekistonda chiqarilgan kartalarni blokladi
14:29 / 02.12.2025
Yaponiya Namanganda robot-assistent xirurgiyasini joriy etadi
10:28 / 28.11.2025