Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Foto: Konstitutsiyaviy sud
Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
13:28 / 26.12.2025
Tergov sudyalari vakolati kengayadi
20:48 / 18.12.2025
Konstitutsiyaviy sud faoliyati takomillashtiriladi, raqamli texnologiyalar joriy etiladi
19:10 / 17.12.2025